Ibrohim Qosimov

AKTYOR

Qosimov Ibrohim 1966-yil Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tugʻilgan.
Qosimov Ibrohim 1992-yil Toshkent Davlat sanʼat instituti (hozirgi Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madniyat instituti) ning drama teatri va kino aktyori fakultetini tamomlagan.
Uning Sirdaryo teatri sahnasida ijro etgan biri-birini takrorlamas turli xarakterdagi yorqin obrazlari teatr ixlosmandlari yuragidan joy egalladi. I.Qoimov turli hil janrdagi spektakllardan “Maʼmura kampir”da Fazliddin, “Otasining qizi”dagi Baxtiyor, “Shayton kelinchak”dagi Chetin, “Marvarid taqqan ayol”dagi Jamshid, “Erkaklarni asrang ayollar”dagi Aziz, “Tuy hangomalari”dagi Marasul, “Xotinimni uch oshigʻi”dagi Artur, “Mehribonlar”dagi Kamol, “Shum bola”dagi Rafiq qiziq, Duduq, Xidoyatxon, “Toʻy”dagi Surʼat, “Ibtido”dagi Odam Ato, “Bu chollar yomon chollar”dagi Urrayim, “Ayollar mashmashasi”dagi Podrontoni, “Javohirlar shahri sehrgari”dagi Sher, “Standart kuyov”dagi Bahodir, “Zaharli tomchilar”dagi Qamar, “Bremen sozandalari”dagi Qaroqchi, “Qayragʻoch soyasidagi ehtiros”dagi Ebin, “Padarkush”dagi Armani, “Firibgar”dagi Sharif, “Tuzoq”dagi Kapitan, “Sirli boshoq” ertagidagi Dehqonbobo, “Xotinlar gapidan chiqqan hangoma”dagi Tolib, “Bu yurt muqaddas tuprogʻimdir” (Nodirabegim)dagi Maʼdalixon, “Inson oʻzing”dagi Komiljon, “Oydinda yurgan odamlar”dagi Qoriqoplon, “Chodir hayol”dagi Korfarmon, “Jonginam shartingni ayt”dagi Usmon, “Tafakkur”dagi Almaz “Niqob”da Suriyalik Amir, “Koʻcha bolalari”da Zulfiqor hamda “Qoʻsh arava yuki”da Djon Smitt, “Momo yer” dagi Suvonqul kabi rollari shular julasidandir.
2004-yil (37+1) “Oʻzbekteatr” birlashmasi loyihalari asosida zamonaviy mavzularda sahnalashtirilgan spektakllarning 1-Respublika koʻrik festivalida muallif Qurbon Muhammadrizo, rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Joʻra Mahmudov tomonidan sahnalashtirilgan “Toʻy” psixologik drama spektaklidagi Suʼrat roli ijrosi uchun I.Qosimov “Yilning eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi boʻyicha mukofotlangan.
Uning aktyorlik mahoratidagi oʻziga xos qirralari nafaqat teatr sahnasida, oynai jahonda hm oʻz muxlislariga ega boʻldi. Xususan, “Jahon Otin Uvaysiy” videofilmdagi Mirzo Nuriddin, “Qismat” kinofilmidagi Rahmatulla, “Oʻch”dagi Shoir oʻzbek va hind kino ustalari hamkorligida suratga olingan “Ovchi” videofilmidagi Militsioner, “Ustunsiz uy” kinofilmida Rais kabi obrazlari, hamda koʻplab oynai jahon orqali ketgan “Belayn” va “Imzo” reklama roliklari va videokliplardagi turli qiyofadagi obrazlari shular jumlasidandir.
I.Qosimov viloyat miqyosida oʻtkaziladigan Mustaqillik va “Navroʻz” umumxalq bayramlarida sahnalashtiruvchi rejissyor va rejissyor sifatida bir necha bor oʻzining yuksak sanʼatkorlik va suhandonlik salohiyatini namoyon etibgina qolmasdan buyuk allomalar tavallud kunlari va yubileylar munosabati bilan oʻtkazilgan badiy musiqiy bayram kechalarida “Amir Temur”, “Alisher Navoiy”, “Mirzo Bobur”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Shiroq” kabi bobokolonlarimiz timsollarini yaratdi.
Serqirra ijodkor Ibrohim Qosimov Sirdaryo viloyati televideniyasi buyurtmasiga asosan Dilnoza Zokirova avtorligida Jahongir Eshpoʻlatov rejissyorligidagi “Soʻngan yulduz”da Xamid, “Nafs qullari”da Fedya, va “Qora quyin”da Iskandar kabi kino filmlaridagi rollari uning ijodini yanada boyitib turishi bilan ham ahamiyatlidir.
Isteʼdodli ijodkor I.Qosimov 2017-yilda viloyat hokimining “Yilning eng yaxshi aktyori” nominatsiyasi bilan yana bir bor eʼtirof etildi.
Ibrohim Qosimov teatr jamoat ishlarida doimo faol ishtirok etadi. Ijodkorning sanʼatdagi faoliyati hamda jamoat ishlaridagi xizmatlari munosib baholangan
Ijodkorning teatr saʼnatini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun 2010-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Loading

Ma'lumotlar

Leave a Reply

Your email address will not be published.