Tomoshabinga


TEATRDA TASHRIF TARTIB-QOIDALARI
-
Qadim zamonlardan teatrga bayramona kiyinib kelish odat tusiga kirgan.
-
Teatrga djinsi, sport kiyimi va sport poyabzalida tashrif buyurish man etiladi.
-
Teatrga chipta taqdim etilgandagina kirish mumkin boʻladi. 7 yoshdan oshgan bolalarga ham chipta olinadi. Besh yoshgacha boʻlgan bolalar kechki spektakllarga kiritilmaydi.
-
Uchinchi qoʻngʻiroqdan soʻng zalga kirish eshiklari yopiladi va spektakl boshlanadi.
-
Spektakl boshlanganidan keyin tomosha zaliga kirish qatʼiyan taqiqlanadi.
-
Agar kech qolgan boʻlsangiz, nazoratchilarga murojaat qiling, ular Sizning zalga kirishingizga yordam berishadi. Chipta yoki taklifnomaga muvofiq zaldagi joyingizni faqat antrakt vaqtidagina egallashingiz mumkin boʻladi.
-
Agar joyingiz band boʻlsa, yordam soʻrab nazoratchiga murojaat eting.
-
Zalga ust kiyimda kirish va tomosha vaqtida bosh kiyimda oʻtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
-
Qator oralab yurganda oʻtirganlarga yuz tutgan holda oʻting.
-
Mobil telefonlar va boshqa shovqinli qurilmalarni oʻchirib qoʻyish talab etiladi.
-
Spektakl vaqtida foto- va videotasvirga tushirishni teatr direksiyasi ruxsati boʻlgan taqdirdagina amalga oshirish mumkin.
-
Bino ichida chekish mumkin, xolos.
-
Tomosha vaqtida ovoz chiqarib munosabat bildirish yaramaydi.
-
Sanʼatkorlarga gullar tomosha yoki konsert tugaganidan keyingina taqdim etiladi.
-
Spektakl tugagach parda yopilishini va sanʼatkorlar tomoshabinlar oldiga taʼzim bajo aylash uchun chiqishini kutish lozim.
-
Zaldan antrakt vaqtida yoki spektakl tugagach chiqib ketish mumkin.
-
Teatr tomoshasi vaqtida zaldan faqat amfiteatr eshigi orqali chiqib ketish mumkin.
![]()