Yutuqlar
2018-yilning noyabr oyida teatr jamoasi Qozogʻiston respublikasining Toldiqoʻrgʻon shahrida oʻtkazilgan VII-Xalqaro teatr festivalida ishtirok etib, Ch.Aytmatovning “Momo yer” spektaklini namoyish etdi va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Mavluda Mamatillaoxunova Toʻlgʻanoy roli uchun “Eng yaxshi ayol roli”, Oʻzbekiston sanʼat arbobi Shuxrat Abdumalikov esa “Eng yaxshi ssenografiya” nominatsiyalari boʻyicha gʻolib boʻldilar.
2023-yilning 6-iyun kuni Tatariston respublikasining Qozon shahrida boʻlib oʻtgan turkiyzabon davlatlarning “NAURUZ” Xalqaro teatr festivalidaSirdaryo viloyati musiqali drama teatri muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

2023-yilning 3-oktyabr sanasida esa Moskva shahrida boʻlib oʻtgan A.P.Chexov nomidagi nufuzli xalqaro teatr festivalida Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
![]()