Teatr tarixi

Home / Teatr tarixi

       Teatr – maʼnaviyat koʻzgusi. Madaniyatning uzviy qismi boʻlgan teatr chinakam tarbiya oʻchogʻidir. Unda avvalo, millat taqdiri, inson hayoti, yurt qaygʻusi va shodligi oʻz aksini topadi. Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, bu maqsadga erishishda teatr sanʼatining oʻrni alohida. Bugun 50 yil oldinga nigoh tashlaymiz.
        1975-yilning 26-sentyabri. Guliston shahridagi Yashil teatr binosi. Sirdaryo viloyatida professional teatr oʻzining ilk mavsumini boshladi. Teatrining ilk pardasi Abdulla Qahhorning “Muhabbat” qissasi asosidagi spektakl va Uzeir Hojibekovning “Arshin-mololon” musiqali komediyasi bilan ochildi. Spektakllardagi rollarni teatrning ilk qaldirgʻochlari Matluba Rajabova, Aziz Usmonov, Munavvara Abdullayeva, Mahmud Mamatxonov, Sharif Jumayev, Akmal Azizov, Gulnora Rahmatova, Solijon Mirzayev, Ozoda Abdullayeva, Rustam Hamdamov, Aqida Xayitova, Sharof Boshbekov, Toʻlqinoy Qosimova, Xazrat Jumayev va boshqalar mahorat bilan ijro etdilar. Yildan yilga teatrning repertuari turli janrdagi jahon va oʻzbek asarlari bilan boyib bordi.
           Sirdaryo teatri 1977-yildan boshlab mashhur sanʼatkor, xalq artisti Olim Xoʻjayev nomi bilan ataldi.
1984 – yilning 27 – aprel sanasida viloyat teatrining hozirgi muhtasham binosi foydalanishga topshirildi. Bu Sirdaryolik teatr sanʼati ixlosmandlari va ijodkorlari uchun katta quvonch bagʻishladi.
“Rejissyor bu- teatrning yuragi” deb bejizga taʼrif berilmaydi. Sababi teatrdagi ijodiy jarayonlarning ravnaq topishi, kuchli sahna asarlarining bunyod boʻlishi ayni ana shu sohaga bogʻliq. Sirdaryo teatri ravnaqiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk rejssyorlardan tortib yosh mutaxassislargacha bu jamoa bilan hamkorlik qilish har doim maroq bagʻishlashini taʼkidlashgan. Ana shunday rejissyorlardan Rixsiboy Orifjonov, Gʻofir Hamidullev, Oʻzbekiston xalq artisti Bahodir Yoʻldoshev, Oʻzbekiton sanʼat arbobi Mahkam Muhammedov, Oʻzbekiton sanʼat arbobi Joʻra Mahmudov, Oʻzbekiton xalq artisti Valixon Umarov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Mamatxon Asqarov, isteʼdodli rejissyorlar Gulruh Najidova, Sayfiddin Meliyev, Joʻrabek Roʻzetov, Mansur Xoliqov Nigora Gʻoyibnazarova va boshqalar teatr repertuarini shakllantirib, ijodiy jamoaga bevosita ustozlik qildilar.
Oʻtgan yillar davomida mahoratli rejissyorlar tomonidan sahnalashtirilgan U. Shekspirning “Richard III”, “Qirol Lir”, Molyerning “Soxta oqsuyak”, Chexovning “Chorbogʻdagi hangomalar”, Hamzaning “Boy ila xizmatchi” va “Maysaraning ishi” asarlari, Xurshidning “Layli va Majnun”, Mashrab Boboyevning “30 yoshlilar”, Abdulla Qahhorning “Ogʻriq tishlar”, Joʻra Maxmudovning “Ayollar faryodi” Jan Sarronning “Maʼmura kampir”, Sharof Boshbekovning “Tentak farishtalar”, “Eski shahar gavroshlari”, “Tushov uzgan tulporlar”, Husayin Jovidning “Amir Temur”, Aziz Nesinning “Taroslik yovuz”, “Odam qanday aqldan ozadi?” Uygʻun va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy”, Papayanning “Chet ellik kuyov”, Alp Jamolning “Mehribonlar”, Xoliq Xursandovning “Xotinimning uch oshigʻi”, Gʻ. Gʻulomning “Shum bola”, Qurbon Muhammadrizoning “Toʻy”, T.Toʻlaning “Nodirabegim”, T.Murodning “Oydinda yurgan odamlar”, Rixsiboy Muhammadjonovning “Ayol qadri”, Zulfiya Qurolboy qizining “Tafakuur”, Rey Kunining “Qoʻsh arava yuki”, A.Sagarellining “Xonuma xonim”, Nurillo Abbosxonning “Inson oʻzing…” Ch.Aytmatovning “Momo yer”, “Sarvqomat dilbarim” asarlari asosida sahnalashtirilgan spektakllar teatrsevar tomoshbinlar qalbidan munosib joy olish bilan bir qatorda koʻplab respublika va xalqaro festivallarda yuqori natijalarni qayt etdi.

      2016-yil 29 – iyuldagi Vazirlar mahkamasining maxsus qaroriga muvofiq Olim Xoʻjayev nomidagi teatr – Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri deb atala boshlandi.
Sirdaryo teatrining uzoq yillik sermahsul ijod yoʻlini shakllantirishda fidoyilik bilan mehnat qilgan marhum sanʼatkorlar: Abduhamid Gʻofurov, Toʻlqinoy Qosimova, Toʻlaboy Qanoatov, Mohiniso Bobojonova, Rustam Hamdamov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar: Aqida Hayitova, Adham Abdullayev, Roʻzmat Karimov, Mamajon Nurmatov ustoz sanʼatkor Muxtorxon Odilov, Qodir Yahyoyev va boshqalar hayotlarining soʻnggi damigacha sahnaga sodiq qoldilar.

            2017 – 2019-yillar mobaynida teatr binosi toʻliq rekonstruksiya qilinib, qoʻshimcha zamonaviy shart-sharoitlar muhayyo qilindi. Ana shunday eʼtibordan ruhlangan jamoa esa tarix varaqlarini yangi yutuqlar bilan bizashga bel bogʻladilar.
Yosh mahoratli rejissyor Nigora Gʻoyibnazarova tomonidan sahnalashtirilgan birgina “Momo yer” spektakli ketma-ket nufuzli Xalqaro teatr tanlovlarida ishtirok etib, Sirdaryo teatrini dunyo sahniga olib chiqdi.
      2018-yilning noyabr oyida teatr jamoasi Qozogʻiston respublikasining Toldiqoʻrgʻon shahrida oʻtkazilgan VII-Xalqaro teatr festivalida ishtirok etib, Ch.Aytmatovning “Momo yer” spektaklini namoyish etdi va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Mavluda Mamatillaoxunova Toʻlgʻanoy roli uchun “Eng yaxshi ayol roli”, Oʻzbekiston sanʼat arbobi Shuxrat Abdumalikov esa “Eng yaxshi ssenografiya” nominatsiyalari boʻyicha gʻolib boʻldilar.
       2021-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan MDH, Boltiqboʻyi va Gruziya davlatlari IV – “Yoshlar teatr sanʼati” forumida , 2023-yilning 6-iyun kuni Tatariston respublikasining Qozon shahrida boʻlib oʻtgan turkiyzabon davlatlarning “NAURUZ” Xalqaro teatr festivalida 2023-yilning 3-oktyabr sanasida esa Moskva shahrida boʻlib oʻtgan A.P.Chexov nomidagi nufuzli xalqaro teatr festivalida Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
2022-yilga kelib teatr tarkibida yangi estrada-simfonik orkestri tashkil topdi. Uning “Unutilmas ohanglar” deb nomlangan ilk konsert dasturi 16-may kuni namoyish etildi
Dirijyor Dilmurod Tojiboyevning saʼy harakatlari bilan jamlangan iqtidorli yosh sozandalar va xor jamoasidan tarkib topgan orkestr hamda teatr vokal artistlari joʻrligida yangragan oʻzbek va dunyo klassik musiqiy asarlari tomoshabinlarning davomli olqishlari va eʼtiroflariga sazovor boʻldi. Shundan soʻng “Xusrav va Shirin” (Bastakor O.Komiljonov), “Halala”, “Ahli jahondin yaxshilik”, “Anvar va Raʼno” (Bastakor A.Ismoilov), “Maysaraning ishi” kabi musiqali asarlar birin-ketin sahnalashtirildi.
Sirdaryo teatrining rivojiga tashkil topgan kunidan bugungi kunga qadar ulkan hissa qoʻshib kelayotgan ilk qaldirgʻochlar bugun davlat eʼtibori, shogirdlar ardogʻi va tomoshabin etirofida. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar: Ozoda Abdullayeva, Sharif Jumayev, Zulfiya Eshmuratova, Mavlyuda Mamatillaoxunovalar ana shunday zabardast sanʼatkorlardir. Ustozlar anʼanasini davom ettirib, muqaddas sahna sirlarini puxta egallagan “Doʻstlik” ordeni nishondori Ibrohim Qosimov, “Shuhrat” medali sohibi Farhod Oʻrinov, “Sanʼat va madaniyat fidokori” koʻkrak nishoni sohiblari: Raʼno Yunusova, Raʼno Hayitova, Dilorom Mirsalimova, Nazmiddin Nazarovlar hamda zabardast ijodkorlardan Shuhrat Abdullayev, Ilhom Allayorov, Lyutfixon Mamanzarova, Qandiyor Rustamov, Sherzod Kattaboboyev, Husan Musurmonqulov, Shohista Jumanova, Murod Jumanov, Murod Joʻraboyev, Bekzod Mirsaitov, Asliddin Nasriddinov, Bobur Boyzoqov, Sunnat Bolbekov kabi Sirdaryo teatri anʼanalarini davom ettirib kelayotgan keyingi avlod vakillarining har biri oʻziga xos ijodiy izlanishlari bilan teatr ixlosmandlari nigohida.
         Bugun Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri navqiron 50 yoshga qadam qoʻymoqda, oʻzining 50 inchi yubiley mavsumini boshlamoqda. Yaratilayotgan jamoaviy badiiy ijod mahsuli orqali kishilik jamiyatini ezgulik va yaxshilikka ergashtirish, insonlarning maʼnaviy, madaniy va maʼrifiy tafakkurini yuksaltirishga chin maʼnoda xizmat qilishdek ulkan ijodiy rejalarni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan jamoaga hamisha ilhom manbai boʻlib kelguvchi yuksak ijodiy parvozlar hamroh boʻlsin!

 

Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri 1975 yilda tashkil topgan

new

Teatr- tarbiya va ma’rifat maskanidir

new

Journal

new

Weekend

new
Not found posts
Not found posts
Not found posts
Not found posts
Not found posts
Not found posts
Not found posts
Not found posts
Not found posts

We Are Hiring

Audition assistant
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur cing elit.
Costume crew
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur cing elit.
Sound board operator
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur cing elit.

Loading