“Padarkush”

“Padarkush”

“O’qimgan bolaning holi”
(spektaklning qisqacha mazmuni)

Mazkur birinchi o’zbek milliy dramatik asarida xalqni uyg’oqlikka, ilmsizlikka qarshi kurashga da’vat etildi.
Boy otaning yakka-yu yagona, erkatoy o’g’lini “meni davrimda yursin, davru-davron sursin” – deya maktabda o’qitmaganligi, Ziyoli va Domlaning pandu nasihatiga bepisand qarab, o’g’li istagan paytida hohlagancha pul berib uni nima qilib yurgani, do’stlari kim ekanligi bilan qiziqmagani, tergab, so’rab surishtirmagani oqibatida spektakl so’ngida jabrini o’zi tortadi.
Boyning o’g’li Toshmrod og’ayni – ulfatlari bilan mayxonaga boradi. U yerdagi kayfu safo uchun pul yetmagach, do’stlari Toshmurod boyning bolasi ekanligi, bir ilojini qilib pul topib kelishini maslahat berdilar. Oqpadar farzandning maishat uchun o’z otasiga pichoq urib, padarkush bo’lgani oddiy va fojeaviy ko’rinishlarda namoyish etiladi.
Bu tomosha zamirida yo’l qo’yilgan katta xato, achchiq xaqiqat ochiladi. Ilm va kasb-hunar o’rganishga da’vat etiladi.
Ushbu asar rejissyor topilmalari, yumorga, hajvga boy sahnalari bilan tomoshabinga ko’tarinki kayfiyat bag’ishlaydi. Kulgili sahnalar ohangida fojeaviy voqealar aks ettiriladi.

 

Loading

MA'LUMOTLAR

Leave a Reply

Your email address will not be published.