Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri yosh ijodkorlari tomonidan Guliston shahridagi 18-umumta’lim maktabida “Doniyorning sarguzashtlari” ertak-spektakli namoyish etildi. Aytish lozimki, teatrning ayni sayyor namoyishlari yana ko’plab o’quv muassasalari, dam olish maskanlari, tuman-shaharlar madaniyat markazlari va saroylarida, turli hududlarda ham bo’lib o’tmoqda. — Ijodiy safarlarimiz tufayli olis hududlardagi aholining teatr san’atidan bahramand bo’lishiga qulay sharoit va imkoniyat...
Bo'lim: YANGILIKLAR
BEHBUDIY
Qutlimurod Yakubov qalamiga mansub “Behbudiy” nomli biografik drama shnalashtirilib, tomoshabinlar hukmiga havola etildi. PREMYERA Mazkur asar ma’rifatparvar jadid bobolarimizdan biri, milliy dramaturgiyamiz asoschisi Mahmudxo’ja Behbudiy hayoti xususida hikoya qiladi. Ushbu asarni sahnalashtiruvchi rejissyor, Sirdaryo teatri bosh rejissyori Qutlimurod Yakubov tomonidan sahnalashtirildi. Spektakl premyerasiga jam bo’lgan tomoshabinlar, mutaxassislar va keng jamoatchilik vakillari ushbu sahna asarini yuqori...
Premyera “BO’YOQCHI”
PREMYERA 2025 yilning 31 yanvar kuni Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida yangi spektakl premyerasi boʻlib oʻtdi. Turk yozuvchisi Tunjer Jujen oʻgʻli qalamiga mansub “Boʻyoqchi” komediyasini Samarqand viloyati musiqali drama teatridan taklif etilgan bosh rejissyor Shuhrat Sanoqulov sahnalashtirdi, rassom Ilhom Rustamov. Yangi sahna asarini tashrif buyurgan tomoshabinlar qiziqish bilan qabul qilib, ijodkorlarni davomli olqishladilar. Yana bir...
Sirdaryoda To’ra Sulaymon tavalludining 90 yilligi nishonlandi.
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻra Sulaymon tavalludining 90 yilligi munosabati bilan adabiy-musiqiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan shoirning hayoti aks etgan sahna koʻrishi namoyish etildi. Qandiyor Rustamov tomonidan yozilib, sahnalashtirilgan mazkur lavhada shoirning dunyoga kelishidan toki yetuk shoir bo’lguniga qadar boshidan kechirgan mashaqqatli va sharafli...
Sirdaryo teatrida yangi spektakl
Joriy yilning 30 oktabr kuni Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilgan “Alpomishning qaytishi” (Usmon Azim asari) spektaklining O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi badiiy kengashiga taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mutaxassislar tomonidan spektakl yuqori baholandi va shu bilan birga asarni yanada boyitish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. O’ziga xos yangicha va zamonaviy...




