G’ayrat Bozorov

AKTYOR

Bozorov Gʻayrat 1990-yil Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida tugʻilgan.
2015-yilda Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutini “Ommaviy bayramlar rejissurasi” fakultetini tamomlagan. 2015-yildan bugungi kungacha Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida oʻz ijodiy faoliyatini davom ettirib kelayotgan izlanuvchan yosh ijodkorlardan biri.
Oʻtgan yillar mobaynida teatr sahnasida samarali faoliyat koʻrsatib, turli-tuman rollarni masʼuliyat va mahorat bilan ijro etib kelmoqda. U talqin etgan spektakllar qahramonlaridan “Oppogʻoyning yangi sarguzashtlarida” Bilimdon, “Sirli kitob”da Zombi “Niqob”da Talaba, “Koʻcha bolalari”da Harbiy, “Kim aʼlochi”da Boʻri, “Qoʻsh arava yuki”da Inspektor Trauton, “Tekintomoq”da Kuchukvoy “Momo yer”da Maysalbek “Oppoq qor izlab…”da Olapar rollari shular jumlasidandir.
Bozorov Gʻayrat Sirdaryo viloyat televideniyasining “Sirdaryocha kulgu” hajviy koʻrsatuvida, videofilmlarda bir qator katta-kichik rollarni mahorat bilan ijro etdi.
Viloyat va Respublika miqiyosida nishonlangan “Konstitutsiya kuni”, “14-yanvar Vatan himoyachilari”, “Navroʻzi olam”, “Mustaqillik bayrami” va “Prezident archasi” kabi siyosiy tadbirlarda ham bir qator tarixiy hamda zamondosh qahramon shaxslar qiyofalari ijrochisi sifatida tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻlib kelmoqda. Viloyatda oʻtkaziladigan turli bayram va tadbirlarda boshlovchilik faoliyati bilan ham keng jamoatchilik nazariga tushdi.
2017-yil yakunida Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Yil faollari” tanlovida “Yilning eng yaxshi aktyori” naminatsiyasiga sazovor boʻldi. Shu bilan bir qatorda uning kamtarona ijodi viloyat hokimligi, xotin qizlar qoʻmitasi va madaniyat boshqarmasi tomonidan bir necha bor eʼtirof etilib, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Bozorov Gʻayrat teatr kasaba uyushmasi aʼzosi sifatida jamoat ishlarida faol ishtirok etib, tengdoshlari orasida namunali xulqi va izlanuvchanligi bilan oʻrnak boʻlib kelmoqda.
Bozorov Gʻayrat oilali, 2 nafar farzandning otasi.

Loading

Ma'lumotlar

Leave a Reply

Your email address will not be published.