Dilorom Mirsalimova

Mirsalimova Dilorom 1980-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan.
Dilorom Mirsalimova Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida 2003-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
D.Mirsalimova teatrda sahnalashtirilgan turli janrdagi spektakllarda asosan bosh va yetakchi qahramonlar obrazlrini ijro etish bilan bir qatorda namoyish etilgan teatrlashtirilgan musiqali tomosha dasturlarida oʻz raqslari bilan ham faol ishtirok etdi.
Isteʼdodli, qiziquvchan ijodkor, teatrda ishlash bilan birga raqs sanʼatini chuqurroq oʻrganish, oʻzlashtirish maqsadida “Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasi Sirdaryo viloyat boʻlimida faoliyatini davom ettirdi. Mazkur jamoada ustozlaridan oʻzbek milliy, qardosh hamda jahon xalqlari raqslari tarixi va siru sinoatlarini oʻrgandi. Milliy mumtoz raqslarning mohir ijrochisiga aylangan raqqosa ijrosidagi maftunkor “Tamanno”, “Orazibon lazgi”, “Omon yor”, “Roxat”, “Dilxiroj”, “Munojat”, “Tanovor”, “Bahor” va boshqa klassik, zamonaviy hamda jahon xalqlari raqslari orqali tomoshabinlar va mutaxassislarning yuksak baholariga sazovor boʻldi.
Oʻtgan yillar mobaynida D.Mirsalimova turfa rangdagi raqslar ijro etish bilan birga ayni paytda teatrda sahnalashtirilgan 40 dan ziyod spektakllarda, jumladan: “Zoʻrdan zoʻr chiqsa” spektaklida Raqqosa, “Oloviddinning sehrli chirogʻi” da Shahrizoda, “Boʻgʻirsoq” da Quyon, “Shoʻx shaytonchalar” da Oybegim, “Vaqqos va Paqqos” da Chiltonoy, “Bahoroy va shumjodugarlar” da Bahoroy, “Ona yuragi” da Minja, “Toʻy” da Raqqosa, “Ayollar mashmashasi” da Eleanora, “Javohirlar shahri sehrgari” da Qizaloq, “Yomonning bir qiligʻi” da Jodugar, “Standart kuyov” da Mohira, “Zaharli tomchilar” da Dilfuza, “Bremen sozandalari” da Malika, “Qayrogʻoch soyasidagi ehtiros” da Abbi, “Xonuma xonim”da Kabato, “Xotinlar “gap” idan chiqqan hangoma” da Bonu, “Qotil yuragi” da Izabel, “Bola Yoʻlbars” da Dilbar, “Bu yurt muqaddas tuprogʻimdir…” (Nodirabegim) da Xonposhshaoyim, “Inson oʻzing…” da Rayhon, “Oydinda yurgan odamlar” da yosh Oymomo, “Ayol qadri” da jurnalist Oydin, “Qoʻsh arava yuki”da Barbara, “Koʻcha bolalari”da Oʻqituvchi, “Momo yer”da Aliman, “Oppoq qor izlab…”da Qizil shapkacha rollarini mahorat bilan ijro etdi.
D.Mirsalimova 2003-yil Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Mukaramma Turgʻunboyeva nomidagi Respublika yosh raqqosalar koʻrik-tanlovi”da fahrli ikkinchi oʻrinni egalladi.
Toshkent shahri hamda viloyatda nishonlangan “Mustaqillik”, “Navroʻz” umuxalq bayramlari, “8-mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni” kabi bayramlar, davlat tadbirlarida doimiy ravishda ishtirok etib kelmoqda.
2018-yili Qozogʻiston Republikasida boʻlib oʻtgan VII-Xalqaro fetivalda namoyish etilgan “Momo yer” spektaklidagi Qosim obrazi nufuzli hakamlar eʼtirofiga sazovor boʻldi.
U jamoat ishlarida faol ishtirok etib, tengdoshlari orasida izlanuvchanligi, xushmuomalaligi bilan namuna boʻlib kelmoqda.
Fidoyi va mehnatsevar ijodkor D.Mirsalimova oilali 2 nafar farzandi bor.

Loading

Malumotlar

Leave a Reply

Your email address will not be published.