Farhod Urunov

AKTYOR

Oʻrunov Farhod Hamitovich 1961-yil Samarqand viloyati Samarqand tumanida tugʻilgan.
1984-yil Toshkent Davlat sanʼat instituti(hozirgi OʻzDSMI)ning drama teatr va kino aktyori fakultetini tamomlagan. “Shuhrat” medali sohibi Farhod Oʻrunov 1984-yildan buyon Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. U oʻzining ijodiy faoliyati maboynida teatr repertuaridan oʻrin olgan bir qator spektakllarda ijro etgan rang-barang obrazlari orqali alla qachonlar tomoshabinlarning sevimli artisti sharafiga sazovor boʻlgan.
Uning ijrosidagi “Karvon bexatar boʻlmas” tarixiy dramasidagi Choʻliboy, “Vatan ishqi” dagi Olimjon, “Qayerdasang, jon bolam?…” dagi Sulton, “Qizi borning nozi bor” dagi Zafar, “Qiyomat” dagi Gʻilay, “Uch ogʻayni shovvozlar” dagi Loboq, “Qirol Lir” dagi Burgun Gersogi, “Ikki oshiq bir boʻlsa” dagi Yigitali, “Dabdabali toʻy” dagi Obich, “Tentak farishtalar” dagi Oshiq Gʻarib, “Amir Temur” dagi Urxon, “Erkaklarni asrang ayollar” dagi Aziz, “Marvarid taqqan ayol” dagi Moʻminjon, “Ayollar mashmashasi” dagi Beppo hamda “Ibtido” falsafiy mulohaza spektaklidagi Azroil”, “Inon oʻzing…” da Otavali, “Jonginam shartingni ayt”d Hokim, “Tafakkur”da qoʻshni, “Niqob”da ota, rollari fikrimizni tasdiqlaydi.
Farhod Oʻrunov ijrosidagi rollar eng avvalo badiiy barkamolligi, nutqining ravonligi, ijrosining samimiyligi hamda ehtiroslarga boyligi bilan ham tomoshabinni maftun etadi.
Uning xonandalik sanʼati alohida olqishga loyiq. Xonandaning yuksak pardadagi nola-yu, qochirimlarga boy ovozi, ijrosidagi, dilgiru dilsoʻz qoʻshiqlari allaqachonlar tomoshabinlarning yuksak baholarga sazovor boʻldi.
Farhodning “Ona”, “Vatan” hamda “Muhabbat” haqidagi bir necha qoʻshiqlari Respublika radiosi hamda oynayi jahoni orqali muntazam eshittiriladi.
Oʻzbekiston teatr ijodkorlari uyushmasi aʼzosi Farhod Oʻrunov faol jamoatchi. Shahar hamda viloyat boʻylab oʻtkaziladigan barcha ommaviy bayram tadbirlarida oʻzining yuksak darajadagi ijro etgan rollari hamda qoʻshiqlari bilan doimo xalq xizmatida.
Farhod Oʻrunov Oilalik. Ikki nafar farzandning otasi.

Loading

Ma'lumotlar

Leave a Reply

Your email address will not be published.