
Xolmatova Nafisa 1973-yil Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining “Musiqali teatr aktyorligi” boʻlimini tamomlagan.
Xolmatova Nafisa 1990-yildan bugungi kunga qadar Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida oʻz ijodiy faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Oʻtgan yillar mobaynida teatrda sahnalashtirilgan rang-barang spektakllar, teatrlashtirilgan tomoshalr va tadbirlarda muntazam ishtirok etib, turli xarakterli obrazlarni gavdalantirish bilan bir qatorda qoʻshiq va ariyalarni ham mahorat bilan ijro etib kelmoqda. U teatrda sahnalashtirilgan “Oltin joʻja” spektaklidagi Joʻja, “Qorinbotir”da Quyonxon, “Afandining besh xotini”da Toʻtixon, “Tuyaqush boyaqish”da Joʻjaxoʻroz, “Dabdabali toʻy”da Niyar, “Tentak farishtalar”da Paranji, “Amir Temur”da Melicha xonim, “Qorqiz va shum jodugarlar”da Qorqiz, “Ming bir kecha”da Shaxrizoda, “Aloviddinning sehrli chirogʻi”da Malika, “Toʻy”da Nasiba, “Zoʻrdan zoʻr chiqsa…”da Qiz, “Jonginam shartingni ayt”da Yayra, “Tafakkur”da Sarvinoz, “Eski shahar gavroshlari”da Sayohatxon, “Niqob”da Aksana, “Oppoq qor izlab…”da BoʻgʻirsoqL.Mamanazarova kabi bir qator tarixiy, dramatik, musiqali hamda ertak spektakllarda yorqin xarakterli rollarni katta mahorat bilan ijro etib kelmoqda.
Iqtidorli sanʼatkor N.Xolmatova ishtirokidagi “Qorinbotir”, “Dabdabali toʻy”, “Tentak farishtalar”, “Amir Temur”, “Toʻy”, “Jonginam shartingni ayt”, “Tafakkur” spektakllari Respublika televideniyesi videotasmalariga muhrlangan boʻlib, muntazam ravishda namoyish etib kelinmoqda.
Viloyat va Respublika miqiyosida nishonlangan “14-yanvar – Vatan himoyachilari”, “Navroʻzi olam”, “Mustaqillik bayrami” va “Prezident archasi” kabi siyosiy tadbirlarda rang – barang qoʻshiqlari hamda bir qator tarixiy qahramonlar obrazlarining betakror ijrochisi sifatida tomoshabinlar va keng jamoatchilik eʼtirofi va olqishiga sazovor boʻlib kelmoqda.
Poytaxtimizda boʻlib oʻtgan “Navroʻz”, “Mustaqillik kuni”, “Oʻzbek milliy akademik drama teatrining 100-yilligi” kabi Respublika miqiyosida nishonlangan davlat tadbirlaridagi ishtiroki alohida eʼtirofga molik.
Oʻtgan yillar davomida “Oʻzbektelefilm” kinostudiyasi tomonidan tasvirga olingan “Yangi oy chiqqan kecha” koʻp qismli videofilmidagi Malika va boshqa filmlardagi bosh va yetakchi rollari bilan oynai jahon muxlislarining eʼtiborini qozondi.
Nafisa Xolmatova 1997-yil Sohibqiron Amir Temur tavlludining 660-yilligi munoabati bilan poytaxtimiz Toshkentda oʻtkazilagn Xalqaro festivalda oliy oʻringa sazovor boʻlgan Sirdaryo viloyat teatrining “Amir Temur” tarixiy drmasidagi Melicha xonim hamda “Tentak farishtalar”dagi Paranji rollari ijrosi uchun “Eng yaxshi ayol roli ijrochisi” naminatsiyalariga sazovor boʻlgan.
Shu bilan bir qatorda uning kamtarona ijodi viloyat hokimligi, xotin qizlar qoʻmitasi va madaniyat boshqarmasi tomonidan bir necha bor eʼtirof etilib, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi
![]()