
Raʼno Xayitova 1978-yil Andijon viloyati, Baliqchi tumanida tugʻilgan.
2004 yilda “San’at va madaniyat fidokori” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.
Raʼno Xayitova 1995-1998-yillarda Guliston Davlat Sanʼat kollejining “Omaviy tadbirlar rejissyori” fakultetida tahsil olgan. U “Talabalar teatr studiyasi” da “Birovga chuqur qazisang” da Kanizak, “Shum bolaning nayraglari” da Ona – Jodugar va “Qaytar dunyo” da oʻgay qiz Gulnora rollarini ijro etgan.
1996-yilda “Alla va beshik udumlari” Respublika koʻrik-tanlovida oliy mukofotga, 2000-yilda universitetlar orasida boʻlib oʻtgan “Talabalar teatr studiya” lari Respublika koʻrik – festivalida namoyish etilgan “Qaytar dunyo” dagi “Oʻgay qiz” roli uchun “Eng yaxshi ayol obrazi ijrosi uchun” mukofotlarga sazovor boʻldi.
2004-yildan bugungi kunga qadar Olim Xoʻjayev nomidagi Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Raʼno Xayitova oʻtgan yillar mobaynida teatrda “Javohirlar shahri sehrgari” spektaklida Mehribon Pari, “Keling bir kulishaylik” da Hamshira va Qoʻshni Ayol, “Bu chollar yomon chollar” da Kobraxon, “Chippollino” da Grafinya Olcha, “Zaharli tomchilar” da Muazzamxon Aʼzamxonova, “Standart kuyov” da Goʻyanda ayol, “Tuzoq” da Hamshira, “Xonuma xonim” da Kabato hamda “Gʻaroyib karnoval” da Tovuq, “Oydinda yurgan odamlar”da keksa Oymomo, “Inson oʻzing”da Rahima, “Oppogʻoyning sarguzashtlari”da Ona tovuq, “Momo yer”da Xonanda kabi rollarini ijro etdi.
Raʼno Hayitova xonanda sifatida viloyat maqomchilar ansambli tarkibida ham faoliyat koʻrsatib, milliy mumtoz ashulalarni maromiga yetkazib ijro etib kelmoqda. U viloyat va respublika miqyosida oʻtkaziladigan “Navroʻz”, “Mustaqillik” bayramlari va boshqa tantanalarda oʻz qoʻshiqlari va tarixiy shaxslar talqini bilan barchani xushnud etmoqda.
R.Hayitov milliy va zmonaviy qoʻshiqlarini jamlab viloyat musiqali tetri binosida bir necha bor oʻzining yakkaxon konsert dasturlarini shinavandalarga taqdim etdi.
![]()