Odiljon Joniqulov

SOZANDA

Oliy darajali sozanda Joniqulov Odiljon Ubaydullayevich

Odiljon Joniqulov 1977-yil Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti o‘rta-maxsus. Mehnat staji 15 yil.

O.Joniqulov 1996-yili Guliston davlat san’at bilim yurtining “Tuba bas” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2009-yildan bugungi kunga qadar Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida sozanda vazifasida o‘z ijodiy faoliyatini davom ettirmoqda.

O.Joniqulov doira va urma zarbli cholg‘u asbobi yordamida musiqalarni sayqallab, teatrda sahnalashtirilgan spektakl va tomoshalarning muvaffaqiyatli chiqishi uchun ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Xususan, S.Meliyev tomonidan sahnalashtirilgan “Jonginam, shartingni ayt”, “Tafakkur”, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush yohud o‘qimagan bolaning holi” spektaklida va G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asarida doira, Turob To‘laning “Bu yurt muqaddas tuprog‘imdir” spektaklida doira, Pirimqul Qodirovning “Ahli jahondin yaxshilig‘” musiqali tarixiy dramasida baraban va doira, Nizomiy Ganjaviyning “Xusrav va Shirin” musiqali lirik dramasida baraban va doira, Rashod Nuri Gunteginning “Halala” musiqali komediyasida tabla, Shekspirning “Qirol Lir” tragediyasida baraban, Aziz Nesinning “Odam qanday aqldan ozadi?” komediya-farsida tabla, “Maysaraning ishi” musiqali komediyasida doira, Erkin Vohidovning “Matmusa” komediyasida doira, Muhsin Qodirovning “Yaxshi kun” teatrlashtirilgan musiqali folklor tomoshasida doira, O‘tkir Hoshimovning “To‘ylar muborak” komediyasida doira, Abdulla Qodiriyning “Anvar va Ra’no” musiqali lirik dramasida doira, shuningdek, “Navobaxsh lahzalar”, “Unutilmas ohanglar”, “Sog‘inch sadolari”, “Sog‘inchning samimiy safosi ayol” nomli orkestr konsert dasturlarida cholg‘u asboblari yordamida musiqiy-badiiy bezalishidagi xizmatlari alohida ahamiyat kasb etadi.

U teatrda sahnalashtirilgan musiqali spektakl va tomoshalar bilan bir qatorda, viloyatda o‘tkaziladigan turli bayram va muhim sanalarga bag‘ishlangan tadbirlarda faol ishtirok etib, musiqa sehri bilan tomoshabinlarga xushnudlik baxsh etib kelmoqda.

Odiljon Joniqulov jamoat ishlarida ham faol qatnashib, kamtarligi va xushmuomalaligi bilan jamoadagi hamkasblari va keng jamoatchilik orasida alohida o‘rnak ko‘rsatib kelmoqda.

Mahoratli sozanda Odiljon Joniqulov oilali. 2 nafar farzandning mehribon otasi.

Loading

Ma'lumotlar

Leave a Reply

Your email address will not be published.