
Oliy darajali sozanda Yarbekov Farxod Isroilovich
Farxod Yarbekov 1976-yil Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti o‘rta-maxsus. Mehnat staji 10 yil.
F.Yarbekov 1996-yili Guliston davlat san’at bilim yurtining “Xalq cholg‘u asboblari” bo‘limi “Dutor, bas” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2014-yildan bugungi kunga qadar Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida sozanda vazifasida o‘z ijodiy faoliyatini davom ettirmoqda.
F.Yarbekov sintezator cholg‘u asbobi yordamida musiqalarni sayqallab, teatrda sahnalashtirilgan spektakl va tomoshalarning muvaffaqiyatli chiqishi uchun musiqiy-badiiy bezalishida ijro mahorati bilan ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Xususan, S.Meliyev tomonidan sahnalashtirilgan “Jonginam, shartingni ayt”, “Tafakkur”, Turob To‘la qalamiga mansub “Bu yurt muqaddas tuprog‘imdir”, Pirimqul Qodirovning “Ahli jahondin yaxshilig‘”, Nizomiy Ganjaviyning “Xusrav va Shirin”, Rashod Nuri Gunteginning “Halala”, Shekspirning “Qirol Lir”, Aziz Nesinning “Odam qanday aqldan ozadi?”, Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Maysaraning ishi”, Erkin Vohidovning “Matmusa”, Muhsin Qodirovning “Yaxshi kun”, Abdulla Qodiriyning “Anvar va Ra’no”, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi” kabi spektakllarda, shuningdek, “Navobaxsh lahzalar”, “Unutilmas ohanglar” nomli orkestr konsert dasturlaridagi ishtroki shular jumlasidan.
U teatrda sahnalashtirilgan musiqali spektakl va tomoshalar bilan bir qatorda, viloyatda o‘tkaziladigan turli bayram va muhim sanalarga bag‘ishlangan tadbirlarda faol ishtirok etib, musiqa sehri bilan tomoshabinlarga xushnudlik baxsh etib kelmoqda.
F.Yarbekov jamoat ishlarida ham faol qatnashib, kamtarligi va xushmuomalaligi bilan jamoadagi hamkasblari va keng jamoatchilik orasida alohida o‘rnak ko‘rsatib kelmoqda.
Mahoratli sozanda oilali.. 4 nafar farzandning mehribon otasi.
![]()