
Nasriddinov Asliddin 1992-yil Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tugʻilgan.
2008-yilda Guliston Sanʼat kollejining “Ommaviy bayramlar rejissyori” boʻlimini tamomlagan. 2011-yildan bugungi kungacha Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida oʻz ijodiy faoliyatini davom ettirib kelayotgan izlanuvchan yosh ijodkorlardan biri.
2018-yilda 2018-yilda Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutining Musiqali teatr aktyorligi boʻlimi talabasi boʻldi.
Oʻtgan yillar mobaynida teatr sahnasida samarali faoliyat koʻrsatib, turli-tuman rollarni masʼuliyat va mahorat bilan ijro etib kelmoqda. U talqin etgan spektakllar qahramonlaridan “Qoʻngʻiroqli aldoqchi”da Boʻtaloq, “Badjahl quyonchada” Masxaraboz, Ayiq, boʻri, “Ayol qadri”da Zokir, “Jonginam shartingni ayt”da Qoʻshni, “Chodir xayol”da masxaraboz, “Oppogʻoyning yangi sarguzashtlarida” Anqov, “Sirli kitob”da Omon va Buratino “Niqob”da Talaba, “Koʻcha bolalari”da Husan, “Sevgi saroyi”da Boʻrivoy, “Padarkush”da Toshmurod, “Qoʻsh arava yuki”da Inspektor Porter Xaus, “Tekintomoq”da Xoʻrozvoy “Momo yer”dagi Jonpoʻlat “Ahli jahondin yaxshiliq”da Mulla Fazliddin, “Tushov uzgan tulporlarda Tesha” kabi rollari shular jumlasidandir.
Viloyat va Respublika miqiyosida nishonlangan “Konstitutsiya kuni”, “14-yanvar Vatan himoyachilari”, “Navroʻzi olam”, “Mustaqillik bayrami” va “Prezident archasi” kabi siyosiy tadbirlarda ham bir qator tarixiy hamda zamondosh qahramon shaxslar qiyofalari ijrochisi sifatida tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻlib kelmoqda. Viloyatda oʻtkaziladigan turli bayram va tadbirlarda boshlovchilik faoliyati bilan ham keng jamoatchilik nazariga tushdi.
2017-yil yakunida Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Yil faollari” tanlovida “Yilning eng yaxshi suxandoni” naminatsiyasiga sazovor boʻldi. Shu bilan bir qatorda uning kamtarona ijodi viloyat hokimligi, xotin qizlar qoʻmitasi va madaniyat boshqarmasi tomonidan bir necha bor eʼtirof etilib, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Nasriddinov Asliddin teatr kasaba uyushmasi aʼzosi sifatida jamoat ishlarida faol ishtirok etib, tengdoshlari orasida namunali xulqi va izlanuvchanligi bilan oʻrnak boʻlib kelmoqda.
A.Nasriddinov oilali, 2 nafar farzandning otasi.
![]()