Alisher Donayev

Truppa mudiri

Donayev Alisher 1981-yil Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oʻrta-maxsus.

Alisher Donayev 1998-2001-yillarda Guliston Davlat Sanʼat kollejining “Omaviy tadbirlar rejissyori” fakultetida tahsil olgan. 2001-yildan bugungi kunga qadar Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Oʻtgan yillar mobaynida “Xotinimning uch oshigʻi” da Ofitsant, “Mehribonlar” da Xofiz, “Toʻy hangomalari” da Yigit, “Gʻaroyib karnaval” da Uloqcha, “Shum bola” da Dehqon, “Oloviddinning sehrli chirogʻi” da Sulton, “Keling bir kulishaylik” da Shogird, Bemor, Sotuvchi, “Chipollino” da Sabzi, “Ayollar mashmashasi” da Xammol, “Bremen sozandalari” da Soqchi, “Yomonning bir qiligʻi” da Qaroqchi, “Zaharli tomchilar” da Zafar, “Firibgar” da Jarro, “Standart kuyov” da Murod, “Xonuma xonim” da Anzor hamda “Sirli boshoq” da Shilliqurt rollari shular jumlasidandir.
2015 – yildan teatrning trupa mudiri sifatida faoliyatini davom ettirib, ijodiy xodimlarni ish bilan muntzam taʼminlash, ijodiy jrayonlarni bevosita nazorat qilish bilan bir qatorda hamkasblar orasida xushmuomalaligi, kamtarligi va mehnatsevarligi bilan hurmat qozondi.
Teatr sahnasidagi repititsiya va tomoshalar, davlat tadbirlari, xalq sayllari uning jonkuyarligi va tashkilotchiligi bilan oʻz vaqtida, sifatli oʻtishi taʼminlanadi.
Viloyat va Respublika miqiyosida nishonlangan “Konstitutsiya kuni”, “14-yanvar Vatan himoyachilari”, “Navroʻzi olam”, “Mustaqillik bayrami” va “Prezident archasi” kabi siyosiy tadbirlarda ham bir qator tarixiy hamda zamondosh qahramon shaxslari qiyofalari ijro etish bilan birgalikda tashkilotchi sifatida ham muntazam ishtirok etib keladi.

Loading

Ma'lumotlar

Leave a Reply

Your email address will not be published.