Ulug’bek Axmedov

Home / Ulug’bek Axmedov

Ulug’bek Axmedov

AKTYOR

Axmedov Ulug‘bek 2022-yil O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini dramatik teatr va kino aktyorligi yo‘nalishini tamomladi. 2022-yilning may oyidan boshlab Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida ikkinchi darajali raqqos sifatida o‘z faoliyatini boshladi.

Uning ilk roli Maksim Karimovning “Insonlikka nomzod” asaridagi Sarvar bo’lib, shundan so‘ng “Inson o‘zing”da Gipnozchi, “Muzbuloq siri” da Cha-cha, “Sirli kitob” ertak-spektaklida Kashshey, “Laqma it” da Mushukvoy, “Matmusa” komediyasida Chegachi,  shuningdek, “Shiroq” spektaklida Askar rollarini yaratdi. 2022-yil davlat buyurtmasi sifatida sahnalashtirilgan Uilyam Shekspirning “Qirol Lir” tragediyasidagi Edmund obrazi esa uning katta qadamlaridan biri bo‘ldi.

U nafaqat teatr sohasida, balki kino olamida ham o‘z o‘rnini topishga intilayotgan ijodkorlardan. Qozog‘iston Respublikasidagi “Shimkent shou” ya’ni Berik Tursunbekov boshchiligidagi “Zin-zin kulpash” IV mavsum serialida o‘zbek yigiti obrazini talqin qilib, ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarning rivojlanishida ham o‘z hissasini qo‘shdi. Bundan tashqari, “Mahalla” telekanali orqali suratga olingan “Umr so‘qmoqlari” telenovellalarida bir qancha qahramonlar rolini mahorat bilan ijro etib kelmoqda.

Viloyat va Respublika miqyosida nishonlangan “Konstitusiya kuni”, “14 yanvar Vatan himoyachilari kuni”, “Navro’z”, “Mustaqillik” va “Prezident archasi” kabi bayram va siyosiy tadbirlarda ham bir qator zamondosh qahramon shaxslar qiyofalari ijrochisi sifatida tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’lmoqda. Viloyatda o’tkaziladigan turli bayram va tadbirlarda boshlovchilik faoliyati bilan ham keng jamoatchilik nazariga tushdi.

Axmedov Ulug‘bek teatr kasaba uyushmasi a’zosi sifatida jamoat ishlarida faol ishtirok etib, tengdoshlari orasida namunali xulqi va izlanuvchanligi bo‘la oladi.

Axmedov oilali, 2 nafar farzandning otasi.

Loading

Profile details
Socials

Leave a Reply

Your email address will not be published.