
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri II darajali drama artisti
Jumanova Shoxista Saidg‘aniyevna
Shoxista Jumanova 1987-yil Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug‘ilgan.
Sh.Jumanova 2007-yil Guliston san’at kollejining “Ommaviy tadbirlar rejissyori” bo‘limini tugallagan. 2007-yildan buyon Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida o‘z ijodiy faoliyatini davom ettirmoqda.
Sh.Jumanova Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Qor yog‘maydigan mamlakat”da Malika, “Xonuma xonim”da Sona, “G‘aroyib karnaval”da Tovuqcha, “Xotinlar “gap”idan chiqqan hangoma”da Qo‘shni, “Sirli boshoq”da Shabboda, “Badjahl quyoncha”da Quyoncha, “Tafakkur”da Qo‘shni ayol, “Oydinda yurgan odamlar”da Dugona, “Jonginam, shartingni ayt”da Qo‘shni ayol, “Oppoq qor izlab…”da Smurfetta, “Insonlikka nomzod”da Ofitsant qiz, “Qo‘sh arava yuki” komediyasida Kampir, “To‘ylar muborak”da Direktor, “Gnomlar yangi yili” ertak-spektaklida Laqma, “O‘rmon ahli”da Quyon, “Kim a’lochi”da Quyon momo, “Laqma it”da Echki, “Doniyorning sarguzashtlari”da Quyon, “Muzbuloq siri”da Baliqcha, “Tuzoq”da Mashhura, “Yaxshi kun”da Xalq vakili, “Shiroq”da Xalq vakili, “Halala”da Zahro, “Medeya” tragediyasida Enaga, “Halima”da Dugona kabi bir-birini takrorlamas rollarni mahorat bilan ijro etib kelmoqda.
Viloyat va respublika miqyosida nishonlangan “Konstitutsiya kuni”, “14-yanvar – Vatan himoyachilari” kuni, “Navro‘z” umumxalq bayrami, “Mustaqillik” kuni va “Prezident archasi” kabi bayram tadbirlarida turli obrazlar siymosini gavdalantirib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Ijodkor ishtirokidagi “Xushchaqchaq” guruhi Qo‘qon va Xonobodda qiziqchi va askiyachilar uchun o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyat bilan ishtrok etib, xalq olqishiga sazovor bo‘lib keldi. Shoxista Jumanova teatrdagi faoliyati bilan bir qatorda O‘zbekiston televideniyesi tomonidan tasvirga olingan “Kunlarning birida…”, “Imtihon” telenovellalarida turli ibratli obrazlar yaratdi. Jamoat ishlarida faol ishtirok etib, jamoa orasida namunali xulqi va izlanuvchanligi bilan o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
Doimo ijodda, izlanishda bo‘lgan Shoxista Jumanova oilali. To‘rt nafar farzandning otasi.
![]()