
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri ikkinchi darajali raqqosi
Ahmadqulov Otajon Dilshod o‘g‘liga
Umumiy mehnat staji 3 yil.
Ahmadqulov Otajon hozirgi kunda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi” yo‘nalishida sirtdan tahsil olmoqda.
2022-yilning sentyabr oyidan boshlab Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida ikkinchi darajali raqqos sifatida o‘z faoliyatini boshladi. Uning ilk roli Qandiyor Rustamovning “Sirli kitob” asaridagi Soli obrazi bo’lib, shundan so‘ng “Qizil qalpoqcha qayerda?”da Olovuddin, “Doniyorning sarguzashtlari” ertak-spektaklida bosh qahramon Doniyor, “Qush tili” falsafiy dramasida Qush, “Antiqa sholg‘om” ertagida Sichqon, “Shiroq” fojiasida Xalq vakili rollarini yaratdi.
Viloyat va respublika miqyosida nishonlangan “Konstitusiya kuni”, “14- yanvar Vatan himoyachilari kuni”, “Navro‘z”, “Mustaqillik” va “Prezident archasi” kabi bayram va siyosiy tadbirlarda ham bir qator zamondosh qahramon shaxslar qiyofalari ijrochisi sifatida tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lmoqda.
Ijodkor teatr kasaba uyushmasi a’zosi sifatida jamoat ishlarida faol ishtirok etib, tengdoshlari orasida namunali xulqi va izlanuvchanligi bilan namuna bo‘la oladi.
O.Ahmadqulov oilali.
![]()