Shuhrat Abdurahmonov

Home / Shuhrat Abdurahmonov

Shuhrat Abdurahmonov

AKTYOR

Abduraxmonov Shuhrat 1993-yil Sirdaryo viloyati, Paxtakor tumanida tugʻilgan.
2018-yil Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti “Aktyorlik sanʼati” boʻlimini tamomlagan. 2018-yildan bugungi kungacha Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida oʻz ijodiy faoliyatini davom ettirib kelayotgan izlanuvchan yosh ijodkorlardan biri.
U oʻzining aktyorlik faoliyati davomida bir nechta bosh va yetakchi rollarni ijro etib tomoshabinlar olqishlariga sazovor boʻldi. Jumladan “Insonlikka nomzod” spektaklidagi Bashar, “Alpomish” spektaklidagi Alpomish rollari unga chin maʼnoda omad keltirdi.
Bundan tashqari davlat tadbirlarida Manguberdi, Amir Temur, Shiroq kabi qahramonlarni gavdalantirib kelmoqda.

Loading

Ma'lumotlar
Socials

Leave a Reply

Your email address will not be published.