
Bekzod Mirsaitov 1986-yil Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tugʻilgan.
Bekzod Mirsaidov 2008-yildan buyon Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida oʻz ijodiy faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
2024-yilda Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutining “Musiqali teatr aktyorligi” fakultetini tamomlagan.
Iqtidorli xonanda B.Mirsaidov ijodiy faoliyati davomida koʻplab sara qoʻshiqlarning mohir ijrochisi sifatida sanʼat ixlosmandlariga manzur boʻldi. Jumladan u tomonidan ijro etilgan “Barkamol avlod”, “Sogʻlom bola”, “Vatanim”, “Ayol”, “Sirdaryo goʻzali” kabi oʻnlab qoʻshiqlari bilan Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri sahnasida, Respublika miqiyosida, viloyatimiz hamda tuman markazlarida oʻtkazilgan “Mustaqillik kuni”, “Navroʻz”, “Konstitutsiya kuni”, “Vatan himoyachilari kuni”, “Xotira va qadrlash kuni”, “Hosil bayrami” kabi koʻplab davlat tadbirlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.
B.Mirsaidov “Barkamol avlod” qoʻshigʻi bilan “Yagonasan muqaddas vatan” koʻrik tanlovi viloyat bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, poytaxtda oʻtkazilgan yakuniy bosqichda hakamlar hayatining faxriy yorligʻi va esdalik sovgʻalariga sazovor boʻldi.
Ayniqsa 2009 – 2010-yillarda xalqaro toifadagi rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti Baxodir Yoʻldoshev tomonidan Oʻzbekiston xalq shoiri Turob Toʻlaning (“Nodirabegim” asari asosida) “Bu yurt muqaddas tuprogʻimdir…” spektakllarini katta muvaffaqiyat bilan sahnalashtirdi. B.Mirsaidov mazkur spektaldan oʻrin olgan barcha ariyalarni katta mahorat bilan ijro etdi. 2011-yilda teatr jamoasi poytaxtda gostrol safarida boʻlib, Oʻzbek Milliy Akademik drama teatri binosida “Bu yurt muqaddas tuprogʻimdir…” spektaklini bir necha kun namoyish etilib, B.Mirsaidovning ijrosi teatr mutaxassislari va keng tomoshabinlar hamda spetakl rejissyori Bahodir Yoʻldoshevning yuksak bahosiga sazovor boʻldi.
Serqirra ijodkor xonandalik faoliyati bilan bir qatorda teatrda sahnalashtirilgan qator spektakllarda rang-barang rollarni ijro etib aktyorlik qobilyatini ham namoyon etib kelmoqda. Jumladan: “Jonginam shartingni ayt” spektaklida qoʻshni, “Tafakkur”da kuyovjoʻra, “Oppogʻoyning sarguzashtlarida” Apchu, “Chodir xayol” da Mirshab, “Halollik tilab keldim”da sotuvchi, “Yangi yil sarguzashtida” qaroqchi, “Ahli jahondin yaxshiligʻ” spektaklida Mirzo Bobur, “Xusrav va Shirin”da Farhod, “Anvar va Raʼno”da Anvar, “Alpomish”da Qorajon kabi rollari yuksak mahorat bilan ijro etib kelmoqda.
2018-yili Qozogʻiston Republikasida boʻlib oʻtgan VII-Xalqaro festivalda namoyish etilgan “Momo yer” spektaklidagi Qosim obrazi nufuzli hakamlar eʼtirofiga sazovor boʻldi.
U jamoat ishlarida faol ishtirok etib, tengdoshlari orasida izlanuvchanligi, xushmuomalaligi bilan namuna boʻlib kelmoqda.
![]()