Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri yosh ijodkorlari tomonidan Guliston shahridagi 18-umumta’lim maktabida “Doniyorning sarguzashtlari” ertak-spektakli namoyish etildi. Aytish lozimki, teatrning ayni sayyor namoyishlari yana ko’plab o’quv muassasalari, dam olish maskanlari, tuman-shaharlar madaniyat markazlari va saroylarida, turli hududlarda ham bo’lib o’tmoqda.

— Ijodiy safarlarimiz tufayli olis hududlardagi aholining teatr san’atidan bahramand bo’lishiga qulay sharoit va imkoniyat yaratilmoqda, — deydi yosh iste’dodli aktyor Qandiyor Rustamov. — Joylarda qo’yilayotgan spektakl namoyishlari har doim tomoshabinlar bilan gavjum bo’layotir. E’tiborlisi, spektakl va konsertlar namoyishi o’tkazilgan hududlardan yana shunday tomoshalar tashkil etishimiz bo’yicha takliflar tushmoqda. Bu albatta, xalqimizning teatr san’atiga bo’lgan katta qiziqishi va mehridan dalolat.
Mazkur teatr ijodkorlari joriy yil oktabr oyi boshida Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarining chekka hududlarida ham gastrol safarida bo’ldi.
Ahmadali SHERNAZAROV
«Xalq so’zi».
![]()

Leave a Reply