Premyera “BO’YOQCHI”

Premyera “BO’YOQCHI”

PREMYERA
2025 yilning 31 yanvar kuni Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida yangi spektakl premyerasi boʻlib oʻtdi. Turk yozuvchisi Tunjer Jujen oʻgʻli qalamiga mansub “Boʻyoqchi” komediyasini Samarqand viloyati musiqali drama teatridan taklif etilgan  bosh rejissyor Shuhrat Sanoqulov sahnalashtirdi, rassom Ilhom Rustamov. Yangi sahna asarini tashrif buyurgan tomoshabinlar qiziqish bilan qabul qilib, ijodkorlarni davomli olqishladilar.

Yana bir xushxabar: Ushbu spektakl 2025 yil aprel oyida Turkiya davlatida bo’lib o’tadigan Xalqaro teatrlar festivaliga taklif etildi. Ayni damda jamoa ushbu spektaklni tomoshabinlarga havola etish bilan bir qatorda xorij safariga hozirlik ko’rmoqdalar.

Loading

Leave a Reply

Your email address will not be published.