Mirkomil Abdumo’minov

SOZANDA

Oliy darajali sozanda Abdumo‘minov Mirkomil Abduvaliyevichga

Mirkomil Abdumo‘minov 1974-yil Jizzax viloyati Zomin tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti  o‘rta. Mehnat staji 27 yil.

M.Abdumo‘minov 1997-yildan bugungi kunga qadar Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida sozanda vazifasida o‘z ijodiy faoliyatini davom ettirmoqda.

Ijodkor g‘ijjak cholg‘u asbobi yordamida musiqalarni sayqallab, teatrda sahnalashtirilgan spektakl va tomoshalarning muvaffaqiyatli chiqishi uchun ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Xususan, G‘afur G‘ulomning “Shum bola”, Turob To‘laning “Bu yurt muqaddas tuprog‘imdir”, Pirimqul Qodirovning “Ahli jahondin yaxshilig‘”, Nizomiy Ganjaviyning “Xusrav va Shirin”, Rashod Nuri Gunteginning “Halala”, Shekspirning “Qirol Lir”, Aziz Nesinning “Odam qanday aqldan ozadi?”, Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Maysaraning ishi, Erkin Vohidovning “Matmusa”, Muhsin Qodirovning “Yaxshi kun”, O‘tkir Hoshimovning “To‘ylar muborak”, Abdulla Qodiriyning “Anvar va Ra’no”, shuningdek, “Navobaxsh lahzalar”, “Unutilmas ohanglar”, “Sog‘inch sadolari”, “Sog‘inchning samimiy safosi ayol” nomli orkestr konsert dasturlarida ham cholg‘u asboblari yordamida musiqiy-badiiy bezalishidagi xizmatlari alohida ahamiyat kasb etadi.

U teatrda sahnalashtirilgan musiqali spektakl va tomoshalar bilan bir qatorda, viloyatda o‘tkaziladigan turli bayram va muhim sanalarga bag‘ishlangan tadbirlarda faol ishtirok etib, musiqa sehri bilan tomoshabinlarga xushnudlik baxsh etib kelmoqda.

M.Abdumo‘minov jamoat ishlarida ham faol qatnashib, kamtarligi va xushmuomalaligi bilan jamoadagi hamkasblari va keng jamoatchilik orasida alohida o‘rnak ko‘rsatib kelmoqda.

Mahoratli sozanda oilali. 3 nafar farzandning mehribon otasi.

Loading

Ma'lumotlar

Leave a Reply

Your email address will not be published.