Shuhrat Abdullayev

AKTYOR

Abdullayev Shuhrat 1973-yil Sirdaryo viloyati Oq oltin tumanida tugʻilgan.
2018-yil Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti “Aktyorlik sanʼati” fakultetini tamomlgan.
Shuhrat Abdullayev 1994-yildan buyon Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Xonandaning aksariyat qoʻshiqlari Vatan, Ona, buyuk ilohiy tuygʻu, his – hayajonlarga toʻla mavzu – muhabbat haqida. Yosh hofiz – oʻzining olloh bergan goʻzal, yoqimli, shirali, serjilo hamda maftunkor ovozi bilan kuylab, koʻplab shinavandalarning qalbini rom etib kelmoqda.
Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent Davlat “Sanʼat” oliygohining “Qoʻgʻirchoq teatri aktyori” fakultetini tomomlagan Shuhrat Abdulayev mana oʻn yildan ziyod vaqtdan buyon Olim Xoʻjayev nomidagi viloyat musiqali drama teatri hamda “Oʻzbeknavo” konsert birlashmalarida aktyor va xonanda sifatida ijod qilib kelmoqda.
Viloyat teatri repertuaridan oʻrin olgan “Alisher Navoiy” tarixiy dramasidagi Moʻmin Mirzo, “Boy yoʻlbars” dagi Aʼlo, “Zoʻrdan zoʻr chiqsa” dagi Yigit (Kuyov), “Tentak farishtalar” dagi Indamas, “Amir Temur” dagi Subutoy, “Ming bir kecha” dagi Hosib, “Tafakkur”da Tangriberdi, “Niqob”da Tergovchi kabi rang – barang qahramonlar rollari aktyor Shuhratning ijod albomini bezab turibdi.
Yosh hofiz viloyat va shahar miqyosida oʻtkaziladigan “Navroʻz”, “Mustaqillik” bayramlari va boshqa tantanalarda oʻz qoʻshiqlari bilan barchani xushnud etmoqda. Shu bois, har safar qoʻshiq shinavandalari, muxlislar suyukli xonandani intiqlik bilan kutadilar, olqishlaydilar, guldastalar tutadilar.
Xonanda Shuhrat Abdullayev 2000-yil may oyida Respublika miqyosida oʻtkazilgan milliy yosh estrada xonandalarining “Tarona – 2000” koʻrik – tanlovida oʻz qoʻshiqlari bilan ishtirok etib, sovrinli oʻrinni qoʻlga kiritdi.
2002-yil esa “Oʻzbekiston Vatanim manim” qoʻshiqlar koʻrik – tanlovining viloyat bosqichida eng yuqori baho, tanlovning Respublika bosqichida esa sovrinli oʻrin va qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiritdi.
2003-yilda oʻtkazilgan “Aziz Ona yurtim navolari” koʻrik – tanlovining viloyat bosqichida bosh sovrinni zabt etdi.
Tinib tinchimas ijodkor Shuhrat doimo yangi – yangi obrazlar yaratib, zamonaviy, mumtoz, xalq qoʻshiqlari hamda qardosh xalqlar qoʻshiqlarini oʻrganib meʼyoriga yetkazib ijro etib, oʻzining serjilo qoʻshiqlaridan tuzilgan guldastasini muxlislariga tuhfa etib kelmoqda.
Shuhrat Abdullayev oilalik. Uch nafar farzandning otasi.

Loading

Ma'lumotlar

Leave a Reply

Your email address will not be published.