Lutfixon Mamanazarova

AKTRISA

L.Mamanazarova 1967 – yil Namangan viloyati Pop tumanida tugʻilgan.
1987 Toshkent Madaniy oqartuv texnikumi (hozirgi Toshkent madniyat kolleji)ning Madaniy–oqartuv ishlariga klub xodimi, havaskorlar akademik xorining rahbari boʻlimida tahsil olgan. Hozirhi kunda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituning “Musiqali teatr aktyorligi” bolimida tahsil olmoqda.
Uning teatr sahnalari, katta maydon tomoshalari, xalq sayillari, viloyat miqyosida nishonlangan “Mustaqillik”, “Navroʻzi olam” va boshqa milliy hamda halqaro bayramlarda ijro etgan zamonaviy – “Boshqalardan boshqachasiz”, “Safti lazgi”, “Oʻzbegim qizlari”, “Yigitlar”, mumtoz qoʻshiqlari, – “Munojaat”, “Shitob aylab”, “Qashqarchai ushshoq”, “Koʻcha bogʻi ikki” hamda “Omon yor”, “Toʻsma yoʻlimni”, “Daryo toshqin”, “Boʻylaringdan oʻrgilay” kabi yalla-yu, laparlari shinavandalarning katta olqishlariga sazovor boʻlmoqda.
L.Mamanazarova talqinidagi turli yosh, turli kasb, turlicha feʼl-atvor hamda maqsadga ega boʻlgan dramatik, lirik hamda oʻtkir xarakterli qahramonlar ijrosini tomoshabinlarga namoyish etib kelmoqda.
“Tuyaqush-boyaqush” dagi Tulkixon, “Besh kunlik kuyov” dagi Oʻlmasxon, “Dabdabali toʻy” dagi Niyar, “Ayollar faryodi” dagi Salima, “Mehribonlar” dagi Oʻqituvchi, “Gʻaroyib karnoval” dagi Uloqcha, “Ayollar mashmashasi” dagi Elenora, “Standart kuyov” dagi Sumbul, “Bu chollar “yomon” chollar” dagi Qoʻshni ayol, “Chipollino” dagi Baqlajon, “Qor yogʻmaydigan mamlakat” dagi Ona, “Tuzoq” dagi Shohida, “Sirli boshoq” dagi Shabadaxon hamda “Xotinlar gap idan chiqqan xangoma” dagi Salomatxon hamda “Bu yurt muqaddas tuprogʻimdir” (Nodirabegim) dagi Hofiza, “Inson oʻzing…”da Folbin, “Momo yer”da Ayol, “Oppoq qor izlab…”da Quyoncha rollari shular jumlasidandir.
Oʻzbekiston teleradio kompaniyasining “Oltin meros” fonotekasidan joy olgan K.Galdonining “Ayollar mashmashasi” dagi Elyeonora kabi obrazlarini alohida qayd etmoq joiz.
L.Mamanazarova Oʻzbekvideofilmda suratga olingan “Farzandim jigarbandim” vidiofilmidagi bemor ayol hamda “Qalbim ardogʻi” vidiofilmidagi ona rollari uning ijodida alohida oʻrin tutib, respublika televideniyasi orqali bir necha bor namoyish etib kelinmoqda.
Ijodkorning mehnati Oʻzbekiston teatr ijodkorlari uyushmasi, viloyat va shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, kasaba uyushmalari tomonidan “Faxriy yorliq” hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlangan.
L.Mamanazarova “Folklor-etnografik ansambllarning respublika koʻrik tanlovi”da Oʻzbekiston xalq artisti Rahima Mazohidova qoʻshiqlarining “Eng jozibali ijrosi uchun” diplomiga sazovor boʻlgan.
Faol jamoatchi L.Mamanazarova teatr xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari. Oʻzbekiston teatr ijodkorlari uyushmasi hamda teatr kasaba qoʻmitasi aʼzosidir.
Izlanuvchanligi, fidoiyligi, mehnatsevarligi bilan hamkasblari va mahalladoshlari oʻrtasida hurmat qozonib kelmoqda.

Loading

Ma'lumotlar

Leave a Reply

Your email address will not be published.